“Aviator”da sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
02 fevral 7037 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lgandi va oqibatda 3 yoshli qizaloq vafot etgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.
Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11- (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etish joiz, yong‘in 31 yanvar kuni sodir bo‘lgandi. Yong‘inda 2023 yilda tug‘ilgan qizaloq halok bo‘lgan. Voqea joyiga shaxsan FVV vaziri Azizbek Ikromov ham borgan. Yong‘in 16:50 da qurshab olinib, 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr