Japarovga 4 yil ichida 2 marta suiqasd uyushtirilgan
Olam
−
20 noyabr
4961Qirg‘iziston maxsus xizmatlari oxirgi to‘rt yil ichida mamlakat Prezidenti Sadir Japarovga uyushtirilgan ikkita suiqasdni bartaraf etgan. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
“To‘rt yildan ortiq vaqt davomida men mamlakatimiz maxsus xizmatining rahbari sifatida ishladim. Bu vaqt ichida Prezidentga ikki marta suiqasd uyushtirildi. Biz bu suiqasdlarning oldini oldik”, dedi Tashiyev matbuot anjumanida.
Tashiyevga ko‘ra, ushbu vaqt davomida uning o‘ziga ham 5-6 marta suiqasd uyushtirilgan. Biroq maxsus xizmat va militsiyaning hushyorligi bu rejalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymagan.
Shuningdek, u yaqin vaqt ichida tahdidlar bilan bog‘liq materiallar yozilgan “fleshka” olganini, agar unga, Prezidentga yoki ularning oilalariga zarar yetkazilsa, ushbu materiallar ommaga e’lon qilinishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston xavfsizlik xizmati xodimlari Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga olgan edi. Qamchibek Tashiyevga suiqasd uyushtirishni boshqargan uyushgan jinoiy guruhning faol a’zosi “Bosterinskiy” laqabli, Ruslan ismli shaxs ekani gumon qilinmoqda.
LiveBarchasi