Japarov yana Turkiyaga bordi. U Erdo‘g‘an bilan Tojikiston masalasini gaplashadimi?

Olam

image

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 29 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bursa shahriga keldi. Bu haqda Qirg‘izistoon Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentga turmush o‘rtog‘i – mamlakat birinchi xonimi Oygul Japarovna Japarova hamrohlik qilmoqda. 

Tashrif doirasida davlat rahbari Iznik shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. 

Gap shundaki, bugun Turkiyada IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari boshlandi. Sportchilar kurash, ot sporti va kamondan otish musobaqalarida o‘z omadlarini sinab ko‘radi. 

O‘yinlarda 102 davlatdan 3000 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. 

O‘yinlarning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov 2021 yilning iyul oyida ilk bor Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirgan edi. O‘shanda ham ushbu tajrif qirg‘iz-tojik chegarasidagi ziiddiyat avjiga chiqqan davrga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda Japarov Qirg‘iziston Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istayotganini aytgandi. 

Tashrif doirasida Prezidentlar Japarov va Erdo‘g‘anning yakkama-yakka uchrashuvi, Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik Oliy kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashrifdan keyin Qirg‘izistoon Qirg‘izistonda "Bayraktar" dronlari paydo bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing