Hokimiyat tepasida ayollar! Japarov o‘ziga yangi o‘rinbosar tayinladi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri – vaqtincha Prezident vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov bugun, 28 oktyar kuni Bosh vazir o‘rinbosari Aida Ismoilovani lavozimidan ozod qilib, o‘ziga yangi o‘rinbosar tayinladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari Matbuot xizmati xabar berdi. 

Aida Ismoilova ushbu lavozimga joriy yilning 1 aprelida tayinlangan edi. 

Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchi – Bosh vazir Sadir Japarov parlamentning Elvira Surabaldiyevani Bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini ma’qulladi. 

Ilgari mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organining deputati bo‘lgan Surabaldiyevaning nomzodi ushbu lavozimga Sadir Japarov tomonidan ilgari surilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing