Japarov O‘zbekiston bilan chegara masalasi hal qilinmasa, oqibati yomon bo‘lishidan xavotirda

Olam

image

Agar Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bugun kun tartibida turgan chegara masalasini keyingi qoldirilsa, 19 ming gektar emas, 1 sotix yer uchun qon to‘kilishi ehtimoli bor. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 17 noyabr kuni parlamentda deputatlarga qilgan murojaatida so‘z ochdi

U deputatlarni O‘zbekiston bilan davlat chegarasi haqidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

Prezidentning ishontirishicha, “Kampirobod” suv ombori atrofidagi vaziyat tashvish tug‘dirmasligi kerak. 

“Kampirobod” suv ombori ostidagi yerlar O‘zbekiston tomoniga o‘tib ketishidan xavotirda bo‘lganlarga murojaat qilmoqchiman. Hisobotda (Qamchibek – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i) Tashiyev ta’kidlanganidek, 1965 yilda suv ombori ostidagi 4 ming 127 gektar yer o‘zbek tomoni bilan almashtirilgan edi”, deydi Japarov.

Japarov suv omborida suv tugab qolgan taqdirda ham bu yerlarni ayirboshlash mumkin bo‘lishini ta’kidladi. 

“Biz bu yerlarni hatto bir yil, 10 yoki 100 yildan keyin ham suv ostida almashtira olamiz, lekin undan oldin o‘zimiz foydalanishimiz kerak. Bugungi kelishuvni tuzib, chegara masalalariga chek qo‘yish kerak. Nafaqat O‘zgan bo‘ylab, balki butun respublika bo‘ylab uzunligi 1,5 ming km bo‘lgan chegaralar masalasi hal qilinmoqda”, deydi Japarov. 

Japarovga ko‘ra, chegara masalasi hozir hal etilmasa, kelajakda yana bunday qulay kelishuvga kelish qiyin bo‘ladi. 

“Qo‘shnilarimizning aholisi yildan-yilga ko‘payib, yer maydoni kichrayib bormoqda. Savolni keyinga qoldiradigan bo‘lsak, 19 ming gektar emas, 1 sotix yer uchun qon to‘kilishi ehtimoli bor. 30 yil ichida chegara muammosi tufayli qancha odam halok bo‘ldi. Biz yer bermaymiz, aksincha, berilgan yerlarni qaytaramiz”, deydi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etib, ilk bor "Kampirobod" suv ombori qanday qilib O‘zbekistonga o‘tayotganiga aniqlik kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, “Kampirobod” suv ombori – Tyan-Shan tog‘ tizmalarining 5 irmog‘idan paydo bo‘luvchi Qoradaryo o‘zaniga qo‘yilgan gidrotexnika inshooti. 1962 yili loyihalashtirilib, 1968-1982 yillarda qurib bitkazilgan bu suv omborining umumiy maydoni – 55 kv km, suv sig‘imi – 1 mld 950 m3 bo‘lib uzoq yillar davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasida talash bo‘lib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

1161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing