To‘qayev Qirg‘iziston Prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qirg‘iziston davlat rahbari Sadir Japarovga 1-darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda "Oq O‘rda" xabar berdi.

O‘tkazilgan marosimda To‘qayev Japarovning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan.

"Qirg‘iziston bizning azaliy yaqin qarindoshimiz. Bizning eng yaqin va ishonchli strategik hamkorimiz. Ikki xalqning qardoshligi o‘zaro manfaatli munosabatlarning oltin tayanchidir. Men sizning bu ishga qo‘shgan ulkan hissangizni qadrlayman", degan To‘qayev.

Shuningdek, u Qozog‘iston qo‘shnisi bilan strategik sheriklik va ittifoqchilikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini aytgan.

"Biz kelajakka birga qadam qo‘yamiz. Bizning azaliy do‘stligimiz, buzilmas birodarligimiz davom etadi. Siz xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdingiz. Shuni inobatga olib, sizni 1-darajali "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlashga qaror qildim. Ishonchim komilki, ushbu mukofot ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirishga xizmat qiladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik abadiy bo‘lsin", deya e’tirof etgan Qozog‘iston rahbari.

Sadir Japarov ham qozog‘istonlik mavqedoshiga minnatdorlik bildirib, ikki davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Qosim-Jomart To'qaev Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing