Japarov O‘sh hokimini ishdan oldi
Olam
−
29 noyabr 2022 9116 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatning ikkinchi yirik shahri va O‘sh viloyatining ma’muriy markazi hisoblangan O‘sh merini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 29 noyabr kuni Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, Almaz Mambetov O‘sh shahri meri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Hokimning ishdan bo‘shatilishi sabablariga aniqlik kiritilmagan.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Japarov boshqa farmon bilan sobiq deputat Bakitbek Jetigenovni ushbu shahar hokimi etib tayinlagan.
O‘sh Qirg‘izistonning janubiy qismida Farg‘ona vodiysi hududida joylashgan. Uning aholisi taxminan 300 ming kishi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr