Japarov Turkiyaga boryapti. Erdo‘g‘an bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi muammo muhokama qilinishi mumkin

Olam

image
Mehribon Aliyeva Armaniston rahbariyatini begunoh odamlar o‘limida aybladi north_east

Mehribon Aliyeva Armaniston rahbariyatini begunoh odamlar o‘limida aybladi

“Alloh bu dunyoni ko‘r bilan cho‘loqqa qoldirganiga kulyapman”. Amir Temur Boyazidni qanday yer tishlatgan? north_east

“Alloh bu dunyoni ko‘r bilan cho‘loqqa qoldirganiga kulyapman”. Amir Temur Boyazidni qanday yer tishlatgan?

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 9 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga boradi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tashrif davomida Japarov Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. 

Ikki mamlakat rahbarlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni, shuningdek, Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.  

Qayd etilishicha, Prezidentlar Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik oliy kengashining 5-yig‘ilishida qatnashadilar. 

Rasmiy tashrif doirasida Prezident Japarovning Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shentop bilan uchrashishi kutilmoqda. 

Japarov Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi biznes forumda ishtirok etadi, Qirg‘iziston fuqarolari, talabalar va Turkiya poytaxtida ishlaydigan qirg‘izlar, jamoat birlashmalari va tashkilotlar vakillari bilan uchrashadi.

Turkiya rasmiy axborot agentligi “Anadolu”ning yozishicha, ushbu tashrif Turkiya-Qirg‘iziston munosabatlarida yangi sahifa ochadi. Garchi Qirg‘iziston Prezident Matbuot xizmatining xabarnomasida, Japarovning Turkiyaga tashrifi doirasida Erdo‘g‘an bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishi haqida miq etilmagan bo‘lsa-da, Turkiya tomoni tarqatayotgan ma’lumotlarda uchrashuvda ushbu masalalarga ham e’tibor qaratilishiga sha’ma qilinadi. 

“Qirg‘izistonning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashi, so‘nggi bir oy ichida tojik-qirg‘iz chegarasidagi keskinlikning kuchayishi va ichki siyosatdagi tezkor o‘zgarishlar Japarovning tashrifini yanada ahamiyatli qiladi”, deb yozmoqda “Anadolu” axborot agentligi. 

Qirg‘iziston-Turkiya munosabatlari 

1991 yil 31 avgustda Qirg‘iziston o‘z mustaqilligini e’lon qildi va Turkiya ushbu davlatni 1991 yil 16 dekabrda tan olgan birinchi mamlakat bo‘ldi. 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar Prezidentlar Turgut Ozal va Asqar Akayev tomonidan "Qirg‘iziston va Turkiya Respublikalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida bitim" imzolangandan so‘ng rivojlana boshlagan. 2011 yilga kelib ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. 

Turkiya Qirg‘izistonga eng avvalo Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) orqali eng katta rivojlanish va ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan davlatlardan biridir. 

Qirg‘izistonda chet el kapitali ishtirokidagi 3 476 kompaniya faoliyat yuritmoqda va Turkiya ushbu jarayonda Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Turk kompaniyalari Qirg‘izistonda asosan qurilish, transport va omborlar, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdoga sarmoya kiritadilar. 

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan 300 ga yaqin turk kompaniyalarining umumiy savdo aylanmasi 400 million dollarni tashkil etadi. 

Turkiyalik ishbilarmonlarning sarmoyaviy investitsiyalari allaqachon 1 milliard dollardan oshgan, deb taxmin qilinmoqda. 

Turk havo yo‘llari aviakompaniyasiga tegishli samolyotlar Qirg‘izistonga haftasiga 17 reysni amalga oshiradi. 

Turkiya rasmiy axborot agentligida keltirilgan ma’lumotlarda Qirg‘izistonning Turkiya oldidagi qarzi 82 million dollarga yetgani aytilgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Japarovning Turkiyaga tashrifi 11 iyunga qadar davom etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Sadir Japarov

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing