Japarov Putinga qirg‘iz-tojik mojarosiga e’tibor qaratgani uchun rahmat aytdi
Olam
−
24 may 2021
4962Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Rossiya rahbari Vladimir Putinga qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatga e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Hurmatli Vladimir Vladimirovich, men qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatga bergan e’tiboringiz va hamdardligingiz uchun shaxsiy minnatdorligimni bildirmoqchiman. Rossiya bizning asosiy ittifoqdoshimiz va savdo-iqtisodiy sherikimiz, shuning uchun barcha masalalar bo‘yicha samarali muzokaralar olib borishga umid qilaman”, deydi u Rossiya Prezidenti bilan muzokaralar chog‘ida.
Japarovning ta’kidlashicha, hozirgi paytda Rossiya va Qirg‘izistonda 2020 yil fevral oyida Moskvaga tashrifdan keyingi “ikki tomonlama hamkorlik natijalarini ko‘rib chiqish” uchun yaxshi imkoniyat mavjud.
Qirg‘iziston Prezidenti, shuningdek, Putinga “Qirg‘izistonni qo‘llab-quvvatlagani” uchun ham minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Japarov Rossiyaga bugun, 24 may kuni ikki kunlik ish safari bilan kelgan. Shuningdek, Qirg‘iziston delegatsiyasi tarkibida Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Dastan Dyushekeyev va Respublikaning Rossiyadagi elchisi Gulnora-Klara Samat ham bor.