Japarov Prezident v.b. va Bosh vazir lavozimlarini tark etdi

Olam

image
Qirg‘izistonda Prezidentlik uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi north_east

Qirg‘izistonda Prezidentlik uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Sadir Japarov Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini bajaruvchi vakolatidan voz kechdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati uning murojaatini tarqatdi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar.

Sadir Japarov mamlakatda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik jarayoni ketayotganini va u saylovda ishtirok etishga ariza topshirganini ta’kidlagan.

Japarov Prezident vakolatlari birga Bosh vazir lavozimini ham tark etdi. U saylovda oddiy fuqaro sifatida qatnashadi.

U parlament saylovlari paytida ommaviy qonun buzilishlari 5-6 oktyabr kunlari xalq noroziligini keltirib chiqarganini eslatdi. Bishkek va boshqa mintaqalardagi namoyishlarda minglab odamlar ishtirok etdi. Ular qayta saylov o‘tkazish va Prezident iste’fosini talab qildi.

Natijada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Hukumat iste’fo berdi. Sobiq Prezident Sooronbay Jeenbekov xam o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi.

Avvalroq, Sadir Japarov saylovda nomzodini ilgari surish uchun MSKga ariza topshirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistonda saylov

Baholaganlar

633

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing