Qirg‘izistonda Prezidentlik uchun nomzodlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Olam

image
Rasman: Japarov Prezidentlikka nomzodini ko‘rsatdi north_east

Rasman: Japarov Prezidentlikka nomzodini ko‘rsatdi

Qirg‘izistonda Prezident lavozimiga nomzodlar soni bo‘yicha 2017 yildagi rekord yangilandi. Bugun, 14 noyabr soat 20:00 ga qadar 60 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Bugun hujjat topshirishning so‘nggi kuni. Bu haqda “Kaktus media” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2017 yilda Prezident saylovida 59 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq ularning 13 nafari final bosqichigacha yetib kela olgan. Qolganlar saylov to‘lovini to‘lamagan yoki yetarlicha imzo yig‘a olmagan. Ba’zilar esa davlat tilini bilish testini topshirmagan. Yana kimdir shunchaki nomzodini qaytib olgan.

Taxminlarga ko‘ra, bu safar ham nomzodlar soni shu zaylda kamayib boradi. Nomzodlar joriy yilning 7 dekabrigacha 1 mln som miqdorida saylov to‘lovini o‘tkazishi, 30 ming nafar Qirg‘iziston fuqarosining imzosini yig‘ishi, shuningdek, qirg‘iz tilini bilish bo‘yicha testdan o‘tishi kerak.

Nomzodlik uchun hujjatlarni qabul qilish 15 noyabr soat 00:00 da to‘xtatiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistonda saylov

Baholaganlar

941

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing