Japarov Prezident bo‘lish uchun hozirgi vakolatlaridan kechishga tayyorligini aytdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi – Bosh vazir Sadir Japarov 2021 yilning 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan navbatdan tashqari prezident saylovlarida qatnashish uchun dekabr oyida lavozimidan ketishni niyat qilganligini aytdi. 

"Men dekabr oyida iste’foga chiqaman va boshqalar bilan bir qatorda saylovga boraman", deydi Japarov Norin viloyatiga safari chog‘ida. 

Unga ko‘ra, u prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z vakolatlarini berishga tayyor. Hozirda Qirg‘iziston qonunchiligi Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi yoki Bosh vazirning Prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishini taqiqlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan keyin, 7 foizlik minimum ovozni to‘play olmagan partiya tarafdorlari norozilik namoyishlarini boshladi. Bir necha kun davom etgan namoyish va tartibsizliklar ortidan Bosh vazir Kubatbek Boronov va uning Hukumati iste’foga chiqdi. Namoyishchilar davlat idoralarini egallab oldi.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Sooronbay Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy qildi va poytaxtga harbiylar kiritildi. Buning natijasida vaziyat biroz tinchidi. Ammo namoyishchilar Prezidentdan iste’foga chiqishini talab qildi. Natijada 15 oktyabrda Jeenbekov xalqiga qarata o‘q uzib qon to‘kmaslik uchun iste’fo berdi. 

Uning vazifasini vaqtincha bajarishi kerak bo‘lgan parlament spikeri Kanat Isayev bundan bosh tortdi. Natijada davlat rahbari vakolati namoyishlar ortidan Bosh vazir bo‘lgan Sadir Japarovga o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing