Japarov Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Qirg‘iziston yetakchisi mamlakatda Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan davlat rahbarini chin dildan tabrikladi. Birodar o‘zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot tilaklari izhor etildi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va gumanitar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston bilan strategik aloqalarga ega bo‘lgan bir qancha davlatlarning rahbarlari, allaqachon, Mirziyoyevni mamlakat prezidentligiga qayta saylangani bilan tabriklab bo‘lgan. Jumladan,  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhoim Aliyev Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing