Japarov Qirg‘iziston iqtisodiyoti og‘ir inqirozni boshdan kechirayotganini ma’lum qildi

Olam

image

Qirg‘iziston iqtisodiyoti so‘nggi yillardagi eng og‘ir inqirozni boshdan kechirmoqda. Bu haqda davlat rahbari Sadir Japarov xalqqa murojaatida ma’lum qildi.  

"So‘nggi yillarda iqtisodiyot o‘ta og‘ir ahvolni boshdan kechirmoqda", degan mamlakat Prezidenti. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda davlat byudjeti kamomadi 235 million dollarni tashkil qilmoqda. 

Qirg‘iziston rahbari yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni to‘liq tiklashga xalaqit berishini tushuntirgan. 

Shu bilan birga, u davlatning inqirozni yengish qobiliyatiga ishonch bildirgan. 

Avvalroq, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatning yangi Konstitutsiyasini imzolagani haqida xabar bergandik.  

Qirg‘izistonning yangi asosiy qonuni mamlakat Prezidenti vakolatlarini kuchaytirishni, parlament a’zolari sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartirishni, shuningdek Hukumat ustidan nazoratni Prezident ma’muriyati rahbariga o‘tkazishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing