Japarov fuqarolardan qolgan axlatni o‘zi tozaladi (video)
Olam
−
21 avgust
12689Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tog‘da dam oluvchilar tashlab ketgan axlatlarni yig‘ib, fuqarolarni undan o‘rnak olishga chaqirdi. Bu haqda “Sputnik.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston fuqarolari tog‘larda “piknik” qilib, ortidan axlat tashlab ketmoqda. Shu munosabat bilan Japarov xalqqa videomurojaat qilib, qirg‘izistonliklar va sayyohlarni tabiatni asrashga, piknikdan keyin chiqindini tozalashga chaqirdi.
“Qarang, tabiatimiz naqadar go‘zal. Suv, tog‘lar, qarag‘aylar... Dam olgandan so‘ng axlatni qoplarga yig‘ishtirib, shahardagi konteynerlarga tashlash kerak. Asraylik, bir-birimizni nazorat qilaylik, o‘qitaylik, inson bo‘laylik. Hech kim chetdan kelib, o‘rnimizga axlatni tozalamaydi”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Japarov oldinroq Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanishni taqiqlagandi. Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatganidir. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
LiveBarchasi