Japarov Toshkentni tark etdi

Jamiyat

image

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitidagi ishtirokini yakunlab, Bishkekka qaytib ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston rahbarini O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 noyabr kuni Sadir Japarov rafiqasi Oygul Japarova hamrohligida Toshkentga yetib kelgandi. Aeroportda uni Bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgandi. O‘sha kunning o‘zida Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Abdulla Aripov Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing