Japarov 2020 yilda qancha pul ishlab topgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2020 yilda 247 ming 953 som (qariyb 3 ming dollar) ishlab topgan. Bu haqda mamlakat Soliq xizmati Japarovning 2020 yil uchun daromadlari va xarajatlari haqida e’lon qilgan ma’lumotiga keltirilgan.

Hujjatda Japarov Bosh vazir sifatida ko‘rsatilgan. Negaki, u o‘tgan yil oktyabrida dastlab hukumat rahbari bo‘lgan. sobiq Prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fosidan keyin davlat rahbari vazifalarini bajarishni boshlagan. 2021 yil yanvarida esa rasman Qirg‘iziston Prezidenti etib saylandi.

Deklaratsiyaga ko‘ra, Sadir Japarov umumiy maydoni 6 gektar bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga egalik qiladi. Prezidentning ko‘chmas mulki va avtomobili yo‘q.

Japarov qarindoshlarining maydoni 50,7 va 389 kvadrat metr bo‘lgan ikkita uyi va maydoni 17,2 kvadrat metr garaji bor. Qolaversa, uning qarindoshlari "Umut bulagi" jamoat jamg‘armasi ta’sischilaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

705

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing