Japarov ham Mirziyoyev nomidan maktub oldi

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga yo‘llagan maktubini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar. 

Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo‘l ochadigan transport yo‘laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o‘z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Avvalroq, Abdulaziz Komilov Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikistonda bo‘lib, ushbu davlatlar rahbarlariga Shavkat Mirziyoyevning maktubini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing