Japarov ham qatordan qolmadi. Qirg‘iziston Prezidenti Umra amalini ado etdi
Olam
−
20 iyul 2023 5082 1 daqiqa
“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga borgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Makka shahrida Umra amalini ado etdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Umra vaqtida Japarov ham Markaziy Osiyoning boshqa davlat rahbarlari kabi Ka’ba ichiga kirib, u yerda duo qilgan.
“Davlat rahbari Qirg‘iziston xalqi farovonligi va mamlakat ravnaqi uchun Qodir Tangriga duolar qildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Umra amalini ado etgani, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon ikkinchi bor Ka’ba ichiga kirgani va Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Masjid an-Nabaviyni ziyorat qilgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr