Japarov ham Ashxobodga yetib bordi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 11 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbarining samolyoti Turkmaniston poytaxti xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Prezident Sadir Japarovni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baymirod Annamamedov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Aeroportda gilam yozilib, faxriy qorovul saf tortdi. Milliy libosdagi bolalar Sadir Japarovni qutlab, unga gul sovg‘a qildi.

Prezident Sadir Japarov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonlar va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, mazkur anjumanda 10 dan ortiq davlat Prezidentlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TYURKSOY), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va UNESCO rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ham ishtirok etishini ma’lum qilingandi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi keskin yomonlashgan vaziyatni muhokama qilishi xabar qilingandi. Kecha, 10 oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga bordi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Turkmaniston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made