“Janjalsiz to‘y to‘y emas”. Qashqadaryoda kuyovjo‘ralar mushtlashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi to‘yda ommaviy janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova bilan bog‘landi. 

Axborot xizmati rahbariga ko‘ra, videoda aks etgan holat joriy yilning 2 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yuz bergan. To‘yxonada raqsga tushayotgan yoshlar o‘zaro tortishib qolishi oqibatida 11 nafar fuqaro o‘zaro mushtlashib ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. To‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Biroq sudning 12 sentyabrdagi qaroriga asosan, huquqbuzarlar o‘zaro kelishib olgani bois, ish yarashuv bilan tugatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi to‘y kortejida avtomobillar harakatiga to‘sqinlik qilib, harakat qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 16 nafar kuyovjo‘ra 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamashi Qashqadaryo to'y Janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing