Farg‘onadagi to‘y kortejida “hunar ko‘rsatgan”lar 15 sutkaga qamaldi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yo‘lda to‘y korteji uyushtirib, harakat qoidalarini buzgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida kuyov navkarda qatnashayotgan 16 nafar yigit to‘y korteji uyushtirib, yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzgan. Shuningdek, 10 dan ortiq avtomashinalarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay harakatlangan bu yigitlar boshqa transport vositalariga ham xalal bergan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tadbirlar natijasida ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan. O‘tkazilgan sud majlisida ayblanuvchi 16 nafar yigitning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan hamda mashinalari jarima maydoniga qo‘yilgan.

“Qonunga bo‘ysunmasdan, guruh bo‘lib harakatlanib, qoidalarni buzdik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz. Boshqa qaytarilmaydi”, deydi fuqarolardan biri.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida tashkil qilingan to‘y kortejida bir necha mashina haydovchilari yer osti yo‘lida xavfli manyovr qilib harakatlangani uchun jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Namanganda noodatiy to‘y liboslarida marosim o‘tkazgan yigitga nisbatan ham chora ko‘rilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Yozyovon to'y korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing