Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
Olam
−
29 iyul 2019
4052Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 26 iyul kuni Chungnam provinsiyasida o‘zbekistonlik N.Yu.ning jasadi topildi.
Koreya Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish ochildi, politsiya tergov harakatlarini amalga oshirmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va hozirda marhumaning qarindoshlari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarosining jasadini Vtanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.
LiveBarchasi