Janubiy Koreyada COVID-19 bemorlari soni 1 oyda 6 barobarga oshdi
Olam
−
10 avgust
2484Oxirgi 4 hafta ichida Janubiy Koreya shifoxonalariga yotqizilgan SOVID-19 bemorlari soni avvalgiga qaraganda qariyb olti baravar oshdi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.
Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) avgust oyining birinchi haftasida SOVID-19 tufayli shifoxonalarga 861 kishi yotqizilganini ma’lum qildi. Koronavirus bilan kasallanish joriy yilning fevral oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi. Kasallikni yuqtirganlar sonining ko‘payishiga qaramay, bemorlarning 90 foizdan ortig‘i kasallikni yengil o‘tkazgan. Shungday bo‘lsa-da hukumat keksa fuqarolar va boshqa yuqori xavf guruhlari monitoringini kuchaytirishga hamda dori-darmonlar va sinov to‘plamlarining barqaror ta’minotini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni ikki baravar oshirishga qaror qilgan.
Oxirgi to‘lqin tez tarqaladigan omikron variantining KP.3 subvariantidan kelib chiqqan bo‘lib, iyul oyi holatiga ko‘ra jami holatlarning 45,5 foizini tashkil etdi. Bu oyda statsionar bemorlarning 65,2 foizini 65 va undan katta yoshdagilar, 18,1 foizini 50-64 yoshdagilar tashkil etgan. Rasmiylar 65 yoshdan oshgan kishilarni SOVID-19ʼga qarshi emlash jarayoni oktyabr oyida davom etishini e’lon qilgan.
“Yozda nafas olish yo‘llari infeksiyalari xavfi ortadi, chunki yopiq joylar to‘liq ventilyatsiya qilinmagan va ta’til paytida odamlar o‘rtasida aloqalar kuchayishi mumkin. Bunday hollarda eng aasosiysi gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim hisoblandi”, degan KDCA rahbari Ji Yon Mi.
LiveBarchasi