Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda

Olam

image

Janubiy Koreyada it go‘shti fermalari yopilmoqda. Bu haqda Oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, it go‘shti yetishtiradigan fermalarni yopish bo‘yicha uch yillik davr belgilanib olingan. Ushbu uch yillikning birinchi yilidayoq mamlakatdagi taxminan 1 500 fermadan 1 072 tasi (74 foizi) faoliyatini to‘xtatgan. 

Yopilgan xo‘jaliklarda qariyb 350 mingta it boqilgan. Hukumat prognozlariga qaraganda yopilish sur’ati ancha yuqori bo‘lgan. 

2024 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, 2027 yildan boshlab Janubiy Koreyada itlarni go‘sht uchun boqish va iste’mol qilish to‘liq taqiqlanadi.

Hukumat statistikasiga ko‘ra, it go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotuvchi 1500 ga yaqin it fermasi, 34 ta go‘shtni qayta ishlash zavodi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud.

Koreya yaqindagina it go‘shtini iste’mol qilish saqlanib qolgan kam sonli mamlakatlardan biri edi. Biroq so‘nggi o‘n yilliklarda bu an’ana pasayib borgan – asosan hayot tarzi va madaniyatdagi o‘zgarishlar, uy hayvonlari egalari sonining ortishi bilan bog‘liq. Shu bois 2024 yilda parlament bu an’anani butunlay taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qilgan va uch yillik o‘tish davrini belgilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya it go'shti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing