Janubiy Koreyada avtobus ustiga besh qavatli bino qulab tushdi (video)
Olam
−
10 iyun 2021
10637Janubiy Koreyaning Kvanchju shahrida kecha, 9 iyun kuni avtobus ustiga bino qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchi avtobusi to‘xtash joyida tormoz bergan paytda uning ustiga ishchilar tomonidan buzib tashlangan besh qavatli bino qulab tushgan. Qayd etilishicha, sakkiz kishini vayronalar ostidan tiriklayin chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan, ular turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida yo‘ldan o‘tib ketayotganlar yoki quruvchilar bo‘lgan-bo‘lmaganini tekshirmoqda. Besh qavatli binoning nazoratsiz ravishda qulashi sababi aniqlanmoqda.
LiveBarchasi