Janubiy Koreyada 9 yil ichida ilk bor tug‘ilish darajasi oshdi

Olam

image

Janubiy Koreyada 2014 yildan beri birinchi marta tug‘ilish ko‘rsatkichi oshgani kuzatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatda 220 ming bola tug‘ilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘pdir. 

“Ushbu o‘sish COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan nikohlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq”, deyiladi xabarda. 

Ilgari mamlakatda ketma-ket sakkiz yil davomida tug‘ilish darajasi pasaygan va 2023 yilda bu ko‘rsatkich rekord darajada tushib ketgan va har bir ayolga 0,72 bola to‘g‘ri kelgan.

2023 yilda mamlakatda nikohlar soni 13,5 foizga o‘sgan va deyarli 200 mingga yetgan. Bu so‘nggi to‘rt o‘n yillikdagi rekord o‘sish sanaladi. Janubiy Koreyada nikoh ko‘pincha bola tug‘ilishining asosiy sharti hisoblanadi va to‘y va bolaning tug‘ilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i odatda bir yildan ikki yilgacha bo‘ladi.

Bundan tashqari, demografik inqirozga qarshi kurashish uchun Janubiy Koreya so‘nggi yillarda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy qilgan. Yangi turmush qurganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida rasmiylar 2024-2026 yillar oralig‘ida turmush qurganlar uchun soliq imtiyozlari ko‘rinishida 500 ming von (taxminan 350 dollar) miqdorida bir martalik to‘lovni joriy qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing