Janubiy Koreyada harbiy dron va vertolyot to‘qnashib ketdi

Olam

image

Bugun, 17 mart kuni Janubiy Koreyaning Seul shahri shimolidagi aerodromda razvedkachi “Heron” droni “Surion” vertolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlariga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv “Heron” uchuvchisiz samolyoti bugun soat taxminan  13:00 da armiya bazasiga qo‘nmoqchi bo‘lganida yuz bergan va bu yong‘in 20 daqiqada o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, ammo jihozlar butunlay yonib ketgan.

“Hodisaning aniq sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Harbiylardan birining aytishicha, o‘sha paytda Shimoliy Koreya tomonidan hududda GPS signallarini blokirovka qilishga urinishlar qayd etilmagan. Hech kim jabrlanmagan, biroq “Korea Aeropace Industries” tomonidan ishlab chiqarilgan dron va vertolyot butunlay vayron bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu hodisa Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘zlarining “Freedom Shield” deb nomlangan bahorgi asosiy mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan paytda yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya qirg‘oqlari yaqinida neft tankeri va yuk kemasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya vertolyot dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing