Janubiy Koreya yangi harbiy ittifoqqa qo‘shilishi mumkin
Olam
−
01 may
10530Janubiy Koreya AUKUS bilan hamkorlik qilish orqali ilg‘or harbiy texnologiyalarni AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan bo‘lishish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Shin Von-Sikga tayanib, "Associated Press" xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu masala bugun, 1 may kuni Avstraliyaning Melburn shahrida yakunlangan Janubiy Koreya va Avstraliya mudofaa va tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi ikki kunlik uchrashuvda muhokama qilingan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda AQSH va Buyuk Britaniya Xitoyning kuchayib borayotgan harbiy ishtirokiga qarshi turish uchun AUKUS kelishuvi doirasida Avstraliyaga AQSH yadro texnologiyalari bilan jihozlangan suv osti kemalari flotini berishga qaror qilgan edi. Harbiy ittifoq nomi ham (AUKUS) - Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSHning qisqartmasidan olingan.
Davlatlar sun’iy intellekt, elektron urush va gipertovush tizimlarini o‘z ichiga olgan kengroq xavfsizlik texnologiyalari bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin.
Avvalroq, Yaponiya ham AUKUS Pillar 2 texnologiyasini ishlab chiqish va almashish dasturining bir qismi bo‘lish uchun rasmiy muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi.
"Biz buni mintaqaning strategik landshaftidagi juda ijobiy qadam deb bilamiz. Bu Avstraliyaning Koreya va Yaponiya bilan hamkorlik qilishi uchun katta imkoniyatdir", degan Avstraliya Mudofaa vaziri Richard Marles OAVga.
LiveBarchasi