Janubiy Koreya Prezidentining qaynonasi bir yilga “kesildi”

Olam

image

Koreya Respublikasi Oliy sudi mamlakatning amaldagi Prezidenti Yun Sok Yolning qaynonasi bo‘lgan Chxve In Sun atrofidagi mojaroga chek qo‘ydi. Ayol hujjatlarni qalbakilashtirish va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topilib, buning uchun bir yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Ayblovga ko‘ra, 2013 yilda u bank hisoblarida jami 34,9 milliard von (taxminan 26 million dollar) borligini ko‘rsatish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan. Bu An ismli boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan yer uchastkasini sotib olish uchun talab qilingan. Sud, shuningdek, uning sentyabr oyidan boshlab garov talabini ham rad etgan.

Bu tergov qilinayotgan davrni hisobga olsak, u 2024 yilning iyuligacha panjara ortida qoladi, degani.

Oxir-oqibat, sud ayblovning barcha dalillarini ikkita modda bo‘yicha ayblash uchun yetarli deb topgan. Chxve In Sun hujjatlarni qalbakilashtirishni tan olib, An bilan til biriktirganini va boshqa ayblovlarni rad etdi.

Bundan tashqari, tinglovlar davomida u butun firibgarlik Anning g‘oyasi bo‘lgandek ko‘rsatishga harakat qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu turdagi jinoyat uchun bir yillik qamoq jazosi juda qattiq, ammo sudyalarga Chxvening aybini qat’iyan rad etgani va qilgan jinoyatiga tavba qilmagani ta’sir qilgan.

Shuningdek, sud uni garov evaziga ozod qilish haqidagi iltimosni ham rad etgan. Oqibatda Janubiy Koreya Prezidentining qaynonasi joriy yilning 21 iyulidan beri hibsda bo‘lgani uchun 2024 yil iyuliga qadar panjara ortida qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yun Sok Yol' Chxve In Sun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing