Janubiy Koreya Prezidenti kutilmaganda Ukrainaga bordi

Olam

image

Bugun, 15 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol kutilmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi. Bu haqda “Yonhapnews” xabar berdi.

Prezidentning matbuot masalalari bo‘yicha bosh kotibi Kim Yun Xening ma’lum qilishicha, Yun va birinchi xonim Kim Keon Xi erta tongda Polshadan Ukrainaga uchib kelgan.

Yun dastlab Kiyev yaqinidagi Bucha shahriga – ommaviy qotilliklar sodir bo‘lgan hududga, keyin keng miqyosli raketa hujumlariga uchragan Irpin fuqarolar turar joyiga tashrif buyurdi. 

Malumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan sammit o‘tkazishdan oldin urush yodgorligiga gulchambar qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo kutilmagan tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga borgan va mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing