Janubiy Koreya politsiyasi Prezident idorasida tintuv o‘tkazdi

Olam

image

Janubiy Koreya politsiyasi bugun, 11 dekabr kuni mamlakat Prezidenti Yun Sok Yol ma’muriyatida 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etgani munosabati bilan tintuv o‘tkazdi. Bu haqda "Yonhap" xabar berdi.

Milliy politsiya agentligi, Seul politsiyasi va Milliy assambleya xavfsizlik xizmati ham tintuv qilingan. Reydlar harbiy holat voqealarini tekshirish uchun tuzilgan maxsus tergov guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Bir kun avval sud Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishiga aloqadorligi sababli davlatga xiyonatda ayblangan sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyonni hibsga olishga qaror qildi. Bundan tashqari, Milliy politsiya agentligi komissari general Cho Ji Xo va Seul politsiyasi rahbari Kim Bong Sik ham hibsga olingan.

Bugun, 11 dekabr kuni ertalab Kim Yon Xyon o‘z joniga qasd qilishga uringani ma’lum bo‘ldi, biroq uning oldi olindi. Kim hozir barqaror holatda. Kim o‘z advokatlari orqali "bu vaziyat uchun barcha javobgarlik" faqat o‘zida ekanligini va uning qo‘l ostidagilar "shunchaki buyruqlarni bajarayotganini" aytdi.

Avvalroq Prezident Yun Sok Yolga Janubiy Koreyani tark etish taqiqlangan edi va u harbiy holat e’lon qilgani munosabati bilan tergov ostida.

7 dekabr kuni parlament davlat rahbariga impichment e’lon qilishga urindi, biroq hukmron partiya parlamentariylari ovoz berishga boykot e’lon qilgani sababli urinish muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

O‘sha kuni kechqurun parlament binosi oldiga 100 mingga yaqin odam yig‘ilib, Prezidentning iste’fosini talab qildi.

Janubiy Koreyadagi eng yirik muxolif kuch – "Toburo" demokratik partiyasi Yun Sok Yolga impichment e’lon qilinishini e’lon qildi. Yangi ovoz berish 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Impichmentni amalga oshirish uchun 200 ta ovoz kerak, oxirgi marta esa bu ovozga qo‘yilganda beshta ovoz etishmagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing