Janubiy Koreya koronavirus sababli harbiylarini Afrikadan evakuatsiya qiladi
Olam
−
16 iyul 2021
4415Janubiy Koreya Hukumati harbiy dengizchilarning koronavirus bilan ommaviy zararlanishi sababli Afrikadan o‘z harbiy kontingentini evakuatsiya qilishga qaror qildi.
Gap Qizil dengiz va Somali yarim orolida qaroqchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro missiyada ishtirok etayotgan “Chhonhe” kontingentining harbiy xizmatchilari haqida ketmoqda.
Umuman olganda, ushbu kontingent Janubiy Koreyaning 300 nafar harbiy xizmatchilarini o‘z ichiga oladi. “Chhonhe” kontingentini o‘z vataniga qaytarish to‘g‘risida qaror “Buyuk qirol Munmu” jamoasidan oltita dengizchida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan keyin qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, COVID-19 kemada karantinga olingan yana 80 ta dengizchida gumon qilinmoqda. Qayd etilishicha, Janubiy Koreya qo‘shinlarini evakuatsiya qilish uchun harbiy transport samolyotlari ishlatiladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Afrikada hozirgacha 2,25 mln kishida koronavirus aniqlangan. 65 972 nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etgan.
LiveBarchasi