Janubiy Koreya KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

Olam

image

Shimoliy Koreya askarlari chegarani qisqa muddat kesib o‘tganidan so‘ng Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda bugun, 11 iyun kuni ertalab Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, "Yonhap" axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya askarlari guruhi 9 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:30 atrofida chegaraning markaziy qismida ikki Koreyani ajratuvchi demilitarizatsiya zonasi doirasidagi demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tgan.

Ovoz kuchaytirgichlar orqali ogohlantirish va ogohlantiruvchi o‘qlardan keyin Shimoliy Koreya qo‘shinlari chegaraning o‘z tomoniga qaytdi. Shundan so‘ng, "boshqa g‘ayrioddiy faoliyat" bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali targ‘ibotni qaytadan yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qilgandi. Seul rasmiylari bu qarorni Shimoliy Koreyaning davom etayotgan “axlat hujumlari”ga javob deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made