Janubiy Koreya Xitoyni BMT cheklovlariga rioya qilmaganlikda aybladi

Olam

image

Bugun, 2 may kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Xitoy hukumatini BMTning KXDRga qarshi sanksiyalariga rioya qilmayotganlikda aybladi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Prezident Yun Sok Yolning aytishicha, Seul shu sababdan Pxenyandan kelayotgan yadroviy tahdidni jilovlash uchun Vashington bilan birgalikdagi choralarga tayanmoqchi. 

“Agar ular bizga norozilik bildirmoqchi bo‘lsalar, Vashington deklaratsiyasini qabul qilganimiz va Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorligimizni yadroviy komponentga asoslangan darajaga olib chiqqanimiz uchun tanqid qilmoqchi bo‘lsalar, ular yadroviy tahdidni kamaytirishlari yoki hech bo‘lmaganda xalqaro huquq normalariga va BMT Xavfsizlik Kengashining ushbu tahdidga qarshi sanksiyalari rioya qilishlari kerak”, deydi Yun Sok Yol Seulda jurnalistlarga.

Shuningdek, Prezident Xitoydan AQSHga tashrifi chog‘ida qabul qilingan deklaratsiyaga qarshi norozilik bildirishini kutmoqdami, degan savolga javob berib, Xitoy rasmiylari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda KXDRga qarshi sanksiyalarni umuman amalga oshirmaganini, shuning uchun, Seulda boshqa chora qolmaganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya eng qattiq sanksiya rejimlaridan biri ostida. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan 2397-rezolyutsiya mamlakatga neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishni cheklashni nazarda tutadi, shuningdek, boshqa davlatlardan Shimoliy Koreyaning barcha ishchilarini 2019 yil oxirigacha o‘z hududidan chiqarib yuborishni talab qiladi. Bunga Pxenyanning ballistik raketalar va yadro qurollarini ishlab chiqishda davom etishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Yun Sok Yol Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha KXDR tomonidan yuzaga kelayotgan tahdidlar munosabati bilan yadroviy rejalashtirish bo‘yicha ikki tomonlama maslahat guruhini tashkil etishni nazarda tutuvchi deklaratsiya imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Xitoy Janubiy Koreya BMT Vashington Pxen'yan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing