Janubiy Koreya Xitoyga koronavirusga qarshi kurash uchun 5 mln dollar beradi
Olam
−
30 yanvar 2020
5798Koreya Respublikasi hukumati koronavirus tarqalishini oldini olish uchun Xitoyga 5 million dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Rasmiy Seul yangi turdagi pnevmoniyaning tarqalishi munosabati bilan Pekinni shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, jumladan, 2 million tibbiy niqob bilan ta’minlashni taklif qilgani xabar qilindi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya rasmiylari 100 mingta himoya kostyum va ko‘zoynakni Xitoy tomoniga topshirish niyatini bildirdi.
Avvalroq, Prezident Mun Chje In Xitoy raisi Si Szinpinga yo‘llagan maktubida, Janubiy Koreya kasallik tarqalishining oldini olish uchun Xitoyga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytgan.
LiveBarchasi