Janubiy Koreya it go‘shti yeyishni taqiqlamoqchi

Olam

image

Janubiy Koreya qonun chiqaruvchilari it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun qabul qilmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi asosiy muxolifatdagi Demokratik partiya so‘nggi navbatdagi sessiyasida ushbu qonunni taklif qilgan. Prezident Yun Sok Yolning konservativ “Xalq kuchi” partiyasi bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan. Ayni paytda oziq-ovqat uchun it boqadigan fermerlarning qarshiligiga qaramay, qonunni qabul qilish uchun ovozlar yetarli.

“Janubiy Koreyada 10 millionga yaqin uy hayvonlari boqiladi. It yeyishni to‘xtatish vaqti keldi”, deydi hukmron partiya rahbari Pak De Chxol.

So‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda it go‘shti iste’moli keskin kamaygan bo‘lsa-da, ilgari it fermasi va restoran egalarining kuchli qarshiliklari tufayli bunday cheklovni joriy etishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan edi.

“Janubiy Koreyaning birinchi xonimi Kim Keon Xi buni to‘xtatishga intilmoqda”, deya xabar beradi mahalliy matbuot.

Avgust oyida u hayvonlar huquqlari faollari uchun matbuot anjumanida qatnashib, it go‘shti yetishtirish yo‘q qilinmaguncha kurashishga va’da bergandi.

Hukmron konservativ blok va asosiy muxolifat partiyasi kelasi yilning aprelida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga hozirlik ko‘rmoqda. Ular it yetishtiruvchilarga yangi qonun tufayli zarar ko‘rmasliklari uchun subsidiyalar taklif qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya it go'shti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing