Janubiy Koreya Baydenning safari chog‘ida KXDR “tomosha ko‘rsatishidan” xavotirda

Olam

image

Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati KXDR rasmiylari navbatdagi yadro sinoviga tayyorgarlikni yakunladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda Milliy assambleya (parlament) razvedka qo‘mitasi a’zolari ma’lum qilgan.  

“Shimoliy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq mavjud vaziyatga qaramay, raketa uchirishga tayyorgarlik alomatlari bor. Yadro sinovlariga tayyorgarlik to‘liq yakunlandi, [ular] faqat vaqtni tanlashmoqda. Belgilar aniqlangan va tayyorgarlik oxirgi bosqichda ekan, raketaning uchirilishi ma’lum vaqtdan keyin sodir bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki, agar yadroviy sinovlar yoki raketa uchirishlar amalga oshirilsa, ajablanarli bo‘lmaydi”, degan deputatlar. 

Ta’kidlanishicha, katta ehtimol bilan qit’alararo ballistik raketa sinovdan o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden ertaga, 20 may kuni Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Mutaxassislar ushbu tashrif davomida KXDR yana qurol sinovini o‘tkazishi mumkinligidan xavotirda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 may kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Yapon dengizi tomon uchta ballistik raketa uchirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

KXDR Bayden

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing