Janubiy Koreya ham ballistik raketa uchirdi
Olam
−
08 noyabr
5296Janubiy Koreya KXDR tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi raketa uchirishlariga javoban Sariq dengizga “yer-yer” sinfidagi ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya armiyasining Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar kecha, 7 noyabr kuni mamlakat poytaxti Seuldan 108 km janubi-g‘arbda joylashgan Tean qirg‘oq tumanida o‘tkazilgan.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirishiga javoban Janubiy Koreyaning raketa bo‘linmasi Sariq dengizdagi nishonni yo‘q qilish uchun qisqa masofaga mo‘ljallangan Hyunmoo-II ballistik raketasini uchirgan.
“Ushbu mashg‘ulotlarda harbiylarimiz KXDRning har qanday provokatsiyasiga javob qaytarishda qat’iyatli ekanini, shuningdek, dushman provokatsiyalari manbasiga aniq zarbalar berish imkoniyati va pozitsiyasini namoyish etdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Sharqiy dengiz tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar 250 milya masofani bosib o‘tgan.
LiveBarchasi