Janubiy Afrikada ommaviy otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
28 Sentabr
4161Janubiy Afrikadagi ikki uyda sodir bo‘lgan ommaviy otishmada 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Nashrning yozishicha, voqea bugun, 28 sentyabr kuni ertalab Lusikisiki shahridagi ikki uyda sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada birinchi uydan to‘rt kishi, ikkinchi uydan esa o‘n uch kishi, jami 15 ayol va 2 erkak halok bo‘lgan.
Otishma paytida voqea joyida bo‘lgan olti nafar odam, jumladan ikki oylik chaqaloq tirik qolgan. Jinoyatchilarni ushlash maqsadida tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlardan iborat guruh yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Janubiy Afrikada ommaviy otishmalar tez-tez yuz berib turadi va mamlakatda qotillik darajasi so‘nggi 20 yillikdagi eng yuqori darajaga yetgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning aprelidan iyunigacha mamlakat bo‘ylab 6,000 dan ortiq qotillik sodir bo‘lgan.
Politsiyaga ko‘ra, o‘tgan oy davomida 53,000 dan ortiq shubhali shaxslar, jumladan qotillik kabi zo‘ravonlik jinoyatlari uchun qidirilayotganlar hibsga olingan va 400 dan ortiq noqonuniy va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qurollar musodara qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Alabama shtati Birmingem shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lib, o‘n yetti kishi yaralangan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr