Janob Putin omonmi? Peskov javob berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sog‘lom va salomatlik bilan bog‘liq muammosi yo‘q. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Hammasi yaxshi, uning salomatligi joyida", deya ishontirgan Kreml vakili jurnalistlarni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ham ukrainalik, ham amerikalik, ham britaniyalik axborot “mutaxassislari” so‘nggi oylarda prezidentning sog‘lig‘i holati haqida turli “o‘rdak”larni tashlamoqda”.

Kecha, 20 iyul kuni “Yangi davr uchun kuchli g‘oyalar” forumida so‘zlagan nutqida yo‘tal uchun kechirim so‘ragan va buni bir kun avval Tehronga tashrifi chog‘idagi konditsionerlar bilan bog‘lagan Putinning aytganlariga izoh bergan Peskov “bunday bo‘lib turadi, qo‘rqinchli emas”, degan.

“Konditsionerlarga kelsak, ha, haqiqatan ham, tashqarida issiqlik “qirq”, konditsionerlar ostida salqin. Men ham bo‘g‘ilganman, menda ham shunday”, degan u.

Avvalroq AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns Prezident Putinning sog‘lig‘i haqida ko‘p mish-mishlar borligini, biroq norasmiy razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya rahbari “juda sog‘lom” ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

595

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing