Jamshid Xodjayev: Ta’sir ko‘rsatolmayotganim sababi ichimda alamim bor
Jamiyat
−
15 Sentabr 2019
8911Avval xabar berganimizdek, kecha, 14 sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevqfishloq xo‘jialigi sohasidagi qator muammolarni sanab o‘tdi.
“O‘zagrohimoya" tashkilotining ma’lum qismini davlatda qoldiramiz. Ya’ni nazorat tartibi davlatda qoldiriladi, qolgani xususiy sektorga o‘tishini mo‘ljallayapmiz. Yer berish tartibi dehqonlarga, kooperatsiyalarga, klasterlarga, xorijiy fuqarolarga, xorijiy kompaniyalarga yer berish tartibini o‘zgartirishimiz shart. Oxirgi nuqtani ko‘rsatganmiz. Yer berilishida shaffofolikni ta’minlash kerak, Bu bo‘yicha strategiyada belgilaganmiz va 3-4 oy ichida e’lon qilamiz", dedi Jamshid Xodjayev.
"Fermerlar, klasterlar, chet el kompaniyatlari va aksiyadorlik kompaniyalari uchun birinchi navbatda yerga egalik qilish huquqini tartibga solish, yer kodeksiga o‘zgartirish kerakligini yoqlaymiz. Bu qilinayotgan ishlar klaster tizimi biz uchun yangilik. Bu borada biz qayerdadir qoqilib ketyapmiz, huquqiy baza yetishmayapti. Mana shu fermerlarning majburiy tugatilishi ham bir masala. Fermer bilan klasterning munosabati. Aslida ikkalasi bitta. Biri katta, ikkinchisi kichik. Biz, yer berilishi shartlarini ko‘rib chiqishimiz kerak. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar yerga egalik qilish huquqini ta’minlashimiz kerak. Bu tamoyil strategiyada bor", dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri.
"Fermerlar ombudsmanini tashkil etsak bo‘ladi. Yangiliklarni o‘qiyman, fermerlar haqida kimningdir bug‘doyini olib ketib qoldi. Qishloq xo‘jalik vazirligi bo‘la turib qonuniy tomondan ta’sir ko‘rsatolmayotganim sabab ichimda alamim bor. Eng asosiysi dehqonlarimizning huquqlariini himoya qilishimiz kerak. Ba’zi bir fermerlar paxta-bug‘doyni topshirgach, yerni dehqonga ikkinchi ekin uchun topshiradi. Fermerlar nima eksayam, manfaatdor bo‘lishi kerak", dedi Jamshid Xodjayev.
LiveBarchasi