Soxta kadastr bilan davlatning yerini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
29 iyul 2220 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqaroni chuv tushirgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.G‘. va X.S. o‘zaro til biriktirib, fuqaro V.E. ga tuman hokimligi zaxirasidagi 32 sotix yer maydonini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Ular ishonch uyg‘otish maqsadida soxta kadastr yig‘ma jildini tayyorlab bergan va buning evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Tekshiruv davomida ushbu mablag‘ning 2 400 AQSH dollari hamda 7,2 million so‘mi protsessual tartibda qaytarilgani ma’lum qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yer rasmiylashtirib berish evaziga jami 3,5 ming AQSH dollari olayotgan ikki mansabdor ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi