Andijonda 24 sotix yerni $39 mingga pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 iyul 1715 1 daqiqa
Andijonda davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. U xaridordan 39 ming dollar talab qilgan va 25 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Marhamat tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan shaxs boshqa shaxslar bilan oldindan til biriktirib, davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini go‘yoki turarjoy toifasiga o‘tkazish va xaridor nomiga rasmiylashtirib berish mumkinligini aytgan.
U mazkur yerning har bir sotixini 1 700 AQSH dollaridan hisoblab, jami 39 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan mablag‘ning 25 ming AQSH dollarini Marhamat tumani hududida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat zaxirasidagi 2 sotix yerni mansabdor tanishlari orqali olib berish uchun 50 ming dollar talab qilgan Guliston hokimligining mas’ul xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi