Jamoatchilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qo‘yishni talab qilyapti

Jamiyat

XDP xalqning cho‘ntagiga mo‘ralamoqchi? Vorisova odamlarning pulini hisoblashni taklif qildi north_east

XDP xalqning cho‘ntagiga mo‘ralamoqchi? Vorisova odamlarning pulini hisoblashni taklif qildi

Jamoatchilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qo‘yishni talab qilyapti. Bu haqda 9 oktyabr kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida so‘z borgan. 

14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Qaror bilan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni aynan ushbu qaror va Nizom ijrosiga bag‘ishlandi. 

Unda studiya monitorida xonanda Jahongir Otajonovning yerga yotgancha qo‘shiq kuylayotgani, ustidan esa pul sochilayotgani tasvirlangan. Ushbu video Samarqand viloyati Urgut tumanida bo‘lib o‘tgan to‘yda suratga olingan. 

Ko‘rsatuvda qayd etilishicha, milliy qadriyatlarimizni toptash, davlat ramzlari tushirilgan pullarni sochish qonun buzlishidan boshqa narsa emas. Agar shunday hodisa chet elda ro‘y bersa, chora ko‘riladi. 

“Mana, san’atkorning ahvoli, mana, ma’naviyat darajamiz”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova.

Videodagi holat bo‘yicha ko‘rsatuvda jamoatchilik o‘z fikrini bildirdi. “Biz qashshoq va boy mamlakatlar ro‘yxatida 127-o‘rinda turibmiz. Men o‘qib hayron qoldim. Biz pul sochadigan darajada emasmiz”, deydi jurnalist Quddas A’zam. 

Eslatib o‘tamiz, To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov mazkur komissiya a’zolari hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov to'y

Baholaganlar

756

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing