Jamoat joyida shilqimlik qilganlar qamalishi mumkin
Jamiyat
−
11 aprel 2023
6430O‘zbekistonda endilikda jamoat joylarida o‘zgalarga nisbatan shilqimlik qilgan shaxslar besh kungacha qamalishi mukmin.
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, endilikda jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, shaxsni, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoxud unga nisbatan shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanib, bu harakatlar uchun 1,5 million so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi joriy yilning 11 yanvarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi