Tibbiyot xodimi order so‘rab borgan ayolga jinsiy yaqinlikni taklif qildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Tibbiyot birlashmasida tashkiliy metodika bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan shaxs nogironlikdan davolanish uchun order so‘rab murojaat qilgan ayolga jinsiy yaqinlikni taklif qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 10 avgust kuni Termiz tumani Tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. Shifokor X.E. ning qabuliga order so‘rab kelgan ayol fuqaro Sh.A. ga jinsiy yaqinlik qilishni taklif sifatida aytgan. Sudda huquqbuzar aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. U hozirda ishsiz ekanini ma’lum qilgan.

Jabrlanuvchi Sh.A. ham sudda voqeani tasdiqlagan. Uning aytishicha, u order olish maqsadida shifokor X.E. ning qabuliga borganida, unga jinsiy yaqinlik qilish uchun taklif bildirilgan. Keyinchalik huquqbuzar undan kechirim so‘ragani sababli unga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan.

Sud X.E. ning aybini uning iqrori, jabrlanuvchining ko‘rsatmalari, 112 raqamiga qilingan murojaat va ishdagi boshqa dalillar bilan tasdiqlangan deb topgan.

Qarorga ko‘ra, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Sud jabrlanuvchi Sh.A. ning huquqbuzarga nisbatan da’vosi yo‘qligini ham e’tirof etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi klinikalardan birida 26 yoshli tish shifokori qabuliga kelgan 2008 yilda tug‘ilgan qizga shahvoniy shilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing