Tokioda o‘zbekistonlik erkak 10 yashar qizga shilqimlik qilgani uchun ushlandi

3-sahifa

−

image

Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli o‘zbekistonlik kurer 10 yashar qizga uyatsiz harakat qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda  “Nippon” xabar berdi.

Shahar politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tokioning Shinagava tumanida istiqomat qiluvchi 45 yoshli D.M. 5 iyul kuni soat 17:00 atrofida Setagava tumanidagi xonadonlardan birida 10 yashar qizni quchoqlab, o‘pgan.

Politsiya xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi joriy yilning 25 sentyabr kuni politsiya tomonidan kuzatuv kameralari yordamida aniqlanib, hibsga olingan. Kurer ota-ona buyurtma qilgan ovqatni olib borganida qiz uyda yolg‘iz bo‘lgan. Qizcha hodisa haqida xabar berish uchun politsiyaning shoshilinch xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Erkak ayblovlarni tan olgan va qizni yoqtirib qolgani sababli o‘zini tiya olmaganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi. Har ikkala fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borgan. Ular viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolgan va keyinchalik hokimiyat organlari tomonidan qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing