Yaponiyada aholi yadroviy siyosatning qayta körib çiqilişiga qarşi boş kötardi
Olam
−
31 Oktyabr 452 2 daqiqa
Keça, 30 oktyabr oqşomida 10 mingga yaqin Yaponiya fuqarolari Tokiodagi milliy parlament binosi oldida töplanib, Boş vazir Sanae Takaiçi hukumatining mamlakat yadroviy siyosatini qayta körib çiqiş va harbiy salohiyatni kengaytiriş rejalariga qarşi çiqdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilişiça, aksiyaga hukumat vakillarining Yaponiya Özini-özi himoya qiliş kuçlari uçun atom suvosti kemalarini işlab çiqiş imkoniyati haqidagi bayonotlari sabab bölgan. Avvalroq, Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi uşbu masalani muhokama qilişda heç qanday variantlar istisno etilmasligini ta’kidlagan. Uşbu oyda Takaiçi ham parlamentda hukumat bunday imkoniyatni jiddiy ravişda körib çiqişini ma’lum qilgan.
Bundan taşqari, Yaponiya OAVlarining xabar berişiça, hukumat yil oxirigaça rejalaştirilgan xavfsizlik sohasidagi uçta asosiy hujjatni yangilaş jarayonida mamlakatning uçta yadrosiz prinsipi ta’rifini qayta körib çiqişi mumkin.
Aksiya iştirokçilari harbiy salohiyatning kengaytirilişi Yaponiyaning qöşni davlatlar bilan munosabatlaridagi ziddiyatni kuçaytirişi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Yosikava familiyali namoyişçilardan biri harbiy qudratni oşiriş özini-özi himoya qiliş ehtiyojlari çegarasidan çiqib ketganini ta’kidlagan. Aksiyaning boşqa bir iştirokçisi – Mitsuru Kurebayasi esa turmuş darajasi va isitiş xarajatlari ortib borayotgan bir paytda hukumat aholining iqtisodiy qiyinçiliklariga emas, balki harbiy masalalarga e’tibor qaratayotganini qayd etgan.
U, şuningdek, Yaponiyada yadroviy qurolni joylaştirişga ehtimoliy ruxsat berilişiga va mamlakat konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş rejalariga qarşi çiqqan.
Live
Barchasi