Rahimova dunyoning 33-raketkasini mağlub etdi
Sport
−
16:19 959 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni özbekistonlik tennisçi Kamilla Rahimova Tokioda ötkazilayotgan WTA 500 turnirning ikkinçi bosqiçida rossiyalik Yekaterina Aleksandrova ustidan ğalaba qozondi.
WTA reytingida 66-örinni egallab turgan Rahimova dunyoning 33-raketkasi hisoblangan raqibini uç set natijasiga köra, 6:4, 4:6, 7:6 (7:5) hisobida mağlub etdi. Uçraşuv 2 soat 53 daqiqa davom etdi.
Özbekiston vakilasi birinçi setda 6:4 hisobida ğalaba qozondi. Ikkinçi setda Aleksandrova xuddi şu hisobda ustun kelib, muvozanatni tikladi.
Hal qiluvçi setda ğolib tay-breykda aniqlandi. Unda Rahimova 7:5 hisobida ğalaba qozonib, turnirning çorak finaliga yöl oldi.
Qayd etiş joiz, Aleksandrova uçraşuv oldidan reytingda 33 poğona yuqorida turgani bois favorit hisoblangan. Biroq tennisçilarning 2021 yilgi AQŞ Oçiq çempionatidagi avvalgi özaro bahsida ham Rahimova 6:4, 6:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
Ma’lumot uçun, Kamilla Rahimovaning musobaqaning çorak finalida avstraliyalik Maya Joyntga qarşi kortga çiqadi.
Live
Barchasi27 Oktyabr